Layfstayl

Aktyor Mettyu Makkonahi ilk roli qanday qilib seriyali qotilning qo‘lga olinishiga yordam bergani haqida gapirib berdi

Mettyu Makkonaxi o‘zining birinchi roli qanday qilib seriyali qotilning qo‘lga olinishiga yordam bergani haqida so‘zlab berdi.

Gollivud aktyori Mettyu Makkonaxi o‘zining ekrandagi ilk roli 14 yil davomida suddan yashirinib yurgan qotilni qo‘lga olishga qanday yordam berganini oshkor qildi. Aktyor bu voqeani Litl-Rokdagi festivalda rejissyor Jeff Nikols bilan suhbatda esladi.

1992-yilda Makkonaxi Amerikaning “Ochilmagan sirlar” ko‘rsatuvida ishtirok etib, unda real hayotda yashagan sobiq dengiz piyodasi Larri Dikkens obrazini gavdalantirgan edi. Dikkens 1978-yilda qo‘shni bolalarni ekzgibitsionistdan himoya qilishga urinib, halok bo‘lgan. U jinoyatchidan mashina kalitlarini tortib olgan, shundan so‘ng qotil qurolini chiqarib, uni otib tashlagan.

Qotilning ismi Edvard Harold Bell edi. Voqeadan keyin u 14 yil davomida erkinlikda yurgan. Biroq Makkonaxi ishtirok etgan ko‘rsatuv efirga uzatilgach, tomoshabinlar voqealar zanjiri orqali jinoyatchini tanib qolishgan va bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar berishgan. Bell Panama Sitida qo‘lga olinib, 70 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. U yana 11 ta qotillikka qo‘l urganini tan olgan bo‘lsa-da, faqatgina Dikkensning o‘limi uchun sudlangan. Bell 2019-yilda Texas qamoqxonasida 79 yoshida vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.