Mahalliy

Akramjon Fozilov Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

U avval Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari edi.

Akramjon Fozilov Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishiga ko‘ra, Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu bilan birga, u Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Akramjon Fozilov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan, shuningdek, Vena (Avstriya) va Gent universitetlarida (Belgiya) tahsil olgan.

U 2026-yil fevralda PA departamenti boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar bo‘lgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.