Aichi-Nagoya-2026: Suhrob Xodjayev Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi

Aichi-Nagoya-2026: Suhrob Xodjayev Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Suhrob Xodjayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bosqon uloqtirish musobaqasida qatnashgan Xodjayev 74,38 metr natija ko‘rsatib, turnir g‘olibiga aylandi.
Bu Suhrob Xodjayev uchun Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi ishtirok bo‘lib, u faoliyatida ilk bor qit’a o‘yinlari chempionligini nishonladi.
Shu bilan o‘zbekistonlik sportchilar jami medallar sonini 30 taga yetkazdi va medallar bo‘yicha umumiy reytingda 5-o‘ringa ko‘tarildi.

