Sport

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekistonlik ikki kurashchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarining to‘qqizinchi kunida 11 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekistonlik ikki kurashchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston kurashchilari yana medallarni qo‘lga kiritdi.

-78 kg vazn toifasida Pokizaxon Kamoliddinova final bahsida janubiy koreyalik Sumin Moni mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi va O‘zbekiston delegatsiyasiga oltin medal olib keldi.

-81 kg vaznda Axror Ziyodullayev ham oltin medal sohibiga aylandi. U finalda eronlik Ramin Ahmadzodani mag‘lub etdi.

Shuningdek, -78 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shohista Nazarova bronza medalini qo‘lga kiritdi. U yarim finalda hamyurti Pokizaxon Kamoliddinovaga imkoniyatni boy bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarining to‘qqizinchi kunida 11 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarda qatnashmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.