Sport

Aichi-Nagoya-2026. O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar delegatsiyamizga 7 ta medal taqdim etishdi

Aichi-Nagoya-2026. O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar delegatsiyamizga 7 ta medal olib keldi

Yaponiyada davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari akademik eshkak eshish, kanoe va baydarka bahslarida bir nechta yo‘nalishda sovrindorlar safidan joy oldi.

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi yakkalik (200 metr) musobaqasida Shohsanam Sherzodova barcha raqiblarini ortda qoldirib, delegatsiyaga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.

Shuningdek, shu yo‘nalishda erkaklar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarda Artur Guliyev va Vladlen Denisov juftligi ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Akademik eshkak eshishda 3 ta kumush medal qo‘lga kiritildi. Erkaklar o‘rtasidagi M1x yakkalik dasturida Shahboz Xolmurzayev marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medal oldi.

M2x juftlik bahslarida Mehroj Mamatqulov va Pavel Sorin tandemi 6:10.49 natija bilan ikkinchi o‘rinni band etdi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi W4- dasturi finalida Anna Aksenova, Mariya Sergeyeva, Rayhona Sattorova hamda Aydana Smetullayeva ishtirokidagi to‘rtlik ham kumush medalga ega bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasidagi akademik eshkak eshishning M2- dasturida Maksim Golubev va Alisher Turdiyev dueti 6:32.34 natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Baydarkachi qizlar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarda esa Arina Tanatmisheva hamda Yekaterina Shubina juftligi bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 17 taga yetdi: 2 ta oltin, 8 ta kumush, 7 ta bronza. Medallar bo‘yicha umumiy jadvalda delegatsiyamiz 9-o‘rinda bormoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.