Layfstayl

Ahad Qayum shou-biznesdan ketmoqda: 5 ming dollarlik she’r, Ulug‘bek Rahmatullayev va o‘zbek kinosi haqida keskin gaplar

Ahad Qayum shou-biznesni tark etmoqda: 5 ming dollarlik she’r, Ulug‘bek Rahmatullayev va o‘zbek kinosi haqida keskin fikrlar

Shoir, ssenarist va rejissyor Ahad Qayum 25 yillik ijodiy faoliyatidan so‘ng shou-biznesdan ketish qarori haqida “Daryo Lifestyle” YouTube kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. U o‘zining sog‘lig‘i, san’atdagi o‘rni, o‘zbek kinosi va ayrim san’atkorlar bilan munosabatlari haqida ochiqchasiga gapirdi.

**Shou-biznesdan ketish qaroringiz qat’iymi?**

— Hayotim mana shu syomka jarayonlarida o‘tgan. Endi o‘tish davri. Hozir o‘zimga, ota-onamga qarashim kerak. Lekin nima bo‘lganda ham hech qachon, hech qachon qaytmayman. Kino va oddiy tadbirlarga ham bormoqchi emasman.

**Endi qanday hayot kechirmoqchisiz?**

— Oddiy inson sifatida hayot kechirmoqchiman. Instagram’da biror oddiy blog yuritarman. Qimmat davralar, qimmat restoranlar, qimmatbaho kiyimlar, umuman, hashamatli hayotdan voz kechdim.

**25 yil ichida san’at sizga nima berdi va nimani oldi?**

— San’at ichida, ijod ichida hamma narsani topdim va hamma narsani yo‘qotdim, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki 60 ta kitob yozdim, 300 ta filmda qatnashdim. O‘ylaymanki, muxlislarim meni unutmaydi. 60 ta kitobim 100 ming nusxadan chiqqan. Odamlarning uyida 20, 30, 40 tadan kitobim bor. Efir orqali har kuni qaysidir kinom ketadi. YouTube’da hamma yoqda kinolarim. She’rlarimni ham qimmat sotganman. Hamma san’atkorlar o‘sha paytda men haqimda “u 5 ming dollardan keladi”, derdi.

Bir islomiy yo‘nalishda blog yuritsam ham, ilmga, dinga berilib ketsam ham yoki butunlay bu hayotdan chiqib ketsam ham o‘zbek millati meni unutmasligiga ishonaman.

**Kinodan ketsangiz, o‘zbek kinosi nimani yo‘qotadi?**

— Men kinodan ketsam, o‘zbek kinosi hech narsa yo‘qotmaydi. O‘zbek kinosidan faqat foydalanganman, o‘z obro‘mni ko‘targanman. O‘zbek kinosida hech qanday o‘rnim bo‘lmagan, u yerda erkatoy bola bo‘lganman.

**Shou-biznesdan ketishingizga faqat sog‘liq bilan bog‘liq holatlar sababmi?**

— Mana shu bozorda umuman qolishni xohlamayapman. Bu bozor menga mos emas. Shuning uchun tinchgina shou-biznesdan ketib, o‘qimishli qatlam, tadbirkorlar, jamiyatda, ilmda o‘z o‘rni bor odamlar bilan hayotimni o‘tkazmoqchiman.

**Qaysi ijodkor bilan bog‘liq holat sizni eng ko‘p ranjitgan?**

— Ko‘pchilik dilimni og‘ritgan, ayniqsa, Ulug‘bek Rahmatullayev. Shunaqa yomon ko‘rib qolganman. Bir umrga yuragimni og‘ritgan. Uch marta gaplashib olishga ham harakat qilganman.

**Agar bu hayotingizdagi eng oxirgi intervyu bo‘lsa, muxlislaringizga nima degan bo‘lardingiz?**

— To‘g‘risi, men hozir stress holatdaman. Ko‘chada kimdir nimadir savol bersa, yig‘lab yuboryapman. Nima bo‘lsa ham yaxshi bo‘ldi. Hammasi yetarlicha bo‘ldi, hammasi chiroyli bo‘ldi. Hammaga rahmat. Hammani yaxshi ko‘raman.

Suhbatning to‘lig‘ini “Daryo Lifestyle” YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.