«Agar biror-bir takabbur boy paydo boʻlsa, hech kimni kechirmayman» — prezident
Xavfsizlik Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladi, dedi prezident. U huquq-tartibot idoralariga ishlarni kuchaytirishni topshirdi. «Agar biron-bir kibor boyvachcha paydo boʻlsa, hech kimni kechirmayman. Buni hamma bilishi kerak. Davlat boʻlishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Agar biron-bir takabbur boy paydo boʻlsa, hech kimni kechirmayman» — prezident
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 sentyabrdagi yigʻilishda xavfsizlik hududlarning investitsiyaviy jozibadorligiga va biznesning ishonchiga bevosita taʼsir qilishini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, agar rasmiylar tartibni taʼminlay olmasa, faqat iqtisodiy ishlarning oʻzi yetarli emas.
«Jinoyatchilikni jilovlamasak, ishimizdan natija boʻlmaydi, tadbirkorlar kelmaydi. Buni eslab qoling», — dedi prezident.
Mirziyoyev investorlar nafaqat mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, balki xavfsizlik darajasini ham baholashini qayd etdi.
«Har bir tadbirkor va har bir kompaniya Oʻzbekiston xaritasini biladi, lekin u yerda jinoyatchilik jilovlanganini ham hisobga oladi. Shuning uchun sen, ichki ishlar vaziri [Aziz Toshpoʻlatov], hammaga oʻrnak boʻlishing kerak. Hammangiz buni tushunishingiz kerak. Sizlar mayda ish bilan shugʻullanayotganingiz yoʻq. Buni vaqtinchalik vazifa deb oʻylamang», — dedi u huquq-tartibot idoralari rahbarlariga yuzlanib.
Prezident tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun huquq-tartibot idoralari yanada jadalroq ishlashi kerakligini taʼkidladi.
«Tinchlik uchun shukrona aytish kerak. Lekin xalqimiz xotirjam yashashi uchun biz ikki barobar koʻproq mehnat qilishimiz kerak. Odamlar oʻz uylarida erkin, xotirjam, hech narsadan va hech kimdan qoʻrqmasdan yashashlari lozim».
Mirziyoyev nufuzli yoki badavlat kishilarning jazosiz qolishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida alohida ogohlantirdi. «Agar biron-bir takabbur boy paydo boʻlsa, hech kimni kechirmayman. Buni hamma bilishi kerak. Davlat boʻlishi kerak. Shunda bizda birlik va hamjihatlik boʻladi, odamlar bizga ishonadi», — dedi davlat rahbari.
U shuningdek, Oʻzbekistonda jinoiy tuzilmalarning oʻzlarini qonundan ustun qoʻyish va biznesga bosim oʻtkazishga urinishlari kuzatilayotganini maʼlum qildi. Bunga sportchilar ham jalb etilmoqda. U davlat bunday guruhlar faoliyatiga chek qoʻyish uchun yetarli kuch-qudratga ega ekanini ogohlantirdi va parlamentni qonunlarni qatʼiylashtirishga chaqirdi.

