Layfstayl

Afsonaviy “Titanik”: 30 yil davomida ko‘pchilik payqamagan xatolar

Jeyms Kemeronning mashhur "Titanik" filmi ekranlarga chiqqaniga qariyb 30 yil bo‘lishiga qaramay, undagi ba’zi xato va kamchiliklar muxlislar tomonidan endilikda aniqlanmoqda. O‘z davrida 11 ta "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritgan va uzoq vaqt davomida eng kassabop filmlardan biri bo‘lgan ushbu kartina, har qanday yirik loyiha singari, ayrim noaniqliklardan xoli emas.

**Murakkab kema tasviridagi xatolar**

Rejissyor Jeyms Kemeronning materiallarga o‘ta sinchkovlik bilan yondashgani ma’lum. Film uchun afsonaviy kemaning aniq chizmalari asosida nafaqat ichki jihozlar, balki xonalarning joylashuvi ham qayta tiklangan. Shunga qaramay, ba’zi kamchiliklar ko‘zga tashlanadi.

Masalan, kema yo‘lga chiqqan paytda kamera vintlarning sinxron aylanishini ko‘rsatadi. Aslida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rul ortida joylashgan markaziy vint faqat ochiq dengizda ishlatilgan va portda harakatsiz turgan. Bundan tashqari, vintlar butun va quyma ko‘rinishda tasvirlangan, holbuki 1912-yilda bunday konstruksiyalarni payvandlash texnologiyasi hali mavjud emas edi. Qizig‘i shundaki, bu xato "Titanik" cho‘kayotgan, ya’ni vintlar suvdan ko‘tarilgan sahnalarda takrorlanmagan – u yerda vint parraklarini valga mahkamlab turgan boltlar aniq ko‘rinadi.

Kemaning to‘liq o‘lchamli maketini qurish juda qimmatga tushgani sababli, "Titanik" o‘sha yillari ommalashib borayotgan kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan. Bu holat kema ustidan panorama olingan sahnalarda odamlar soyasining noto‘g‘ri tushishidan yaqqol seziladi. Yirik plandagi sahnalarda ham xatolar mavjud: masalan, Rouzning mashhur "uchish" sahnasidagi kema burni Jek delfinlarni tomosha qilgan joydagi kema burnidan sezilarli darajada farq qiladi.

**Tarixiy noaniqliklar**

Kemeron uchun eng katta qiyinchilik filmning tarixiy xarakterga egaligi edi. "Titanik" 1912-yilda, dunyo butunlay boshqacha bo‘lgan davrda cho‘kib ketgan. Filmda uchraydigan ko‘plab xatolar aynan shu bilan bog‘liq.

Masalan, Jek Rouzni kemaning quyi qismidan okeanga sakrash fikridan qaytarayotganda, Vissota ko‘lidagi muz ostida baliq ovlaganini eslaydi. Biroq Viskonsin shtatidagi ushbu suv ombori va undagi GES 1917-yilda qurilgan. Shuningdek, Jek sevgilisiga Santa-Monikadagi Amerika tepaliklarida uchishni va’da qiladi, holbuki bu attraksion ham "Titanik" halokatidan to‘rt yil o‘tib bunyod etilgan.

Rouz qutqarilgandan so‘ng, uning qaylig‘iga xizmat qiluvchi malay – Spayser (Devid Uorner) Jek bilan masalani uzil-kesil hal qilmoqchi bo‘ladi va qahramonligi uchun unga pul taklif qiladi. Uning qo‘lidagi yigirma dollarlik kupyuraning burchagidagi raqamlar joylashuvi bu banknotaning 1914 yoki 1918-yilga tegishli ekanligini ko‘rsatadi.

Biroq qahramonlar suzib ketayotgan Amerika kelajakka undan ham tezroq qadam qo‘ygan chamasi. Rouz nihoyat Nyu-Yorkka yetib kelganida, u yorqin porlab turgan mash’alali yashil Ozodlik haykalini ko‘radi. Aslida esa 1912-yilda haykal hali dastlabki jigarrang tusida bo‘lgan, mash’alaning ichki yoritkichlari esa faqatgina 1986-yilda o‘rnatilgan.

Payqash qiyin bo‘lgan yana bir tarixiy xato – birinchi klass yo‘lovchilari cherkov xizmati paytida kuylagan qo‘shiqdir. Bu asarning o‘zi kema yo‘lga chiqqan vaqtda ma’lum bo‘lgan, ammo jamoaviy duo paytida ijro etilgan kuplet faqat 1930-yillarda paydo bo‘lgan.

**Rouz obrazidagi noaniqliklar**

Keyt Uinsletning qahramoni oliy jamiyat vakili bo‘lishdan charchaganini har tomonlama namoyish etadi. Masalan, u nonushta paytida tamaki chekadi. Bu esa o‘sha davrda o‘ta madaniyatsizlik hisoblangan.

Biroq ba’zida tomoshabinda "bu qiz XX asr boshidagi erkin ayolmi yoki kelajakdan kelgan mehmonmi?" degan shubha tug‘iladi. Cherkovdagi yuqorida aytilgan sahnada Rouz shlyapasiz o‘tirgan yagona ayoldir. Agar tamaki chekishni jamiyatga qarshi isyon deb baholash mumkin bo‘lsa, u holda 1960-yillardan oldin cherkovda bosh kiyimsiz o‘tirishni tasavvur ham qilib bo‘lmasdi. Shuningdek, u labiga yorqin qizil bo‘yoq surtadi – 1910-yillarda bunga faqat yengiltak ayollargina jazm eta olgan.

Rouzning vaqt bo‘shlig‘ida sayohat qilganiga yana bir ishora – uning kemaning o‘lchamlari haqidagi suhbatdagi gapi. U Bryus Ismeydan doktor Freyd haqida eshitgan-eshitmaganini so‘raydi. Ismey bu haqda eshitgan bo‘lishi mumkin emasdi, chunki Zigmund Freyd o‘zining mashhur ilmiy ishini 1920-yilga kelibgina e’lon qilgan.

Katta loyihalarda odatiy hol bo‘lganidek, filmda son-sanoqsiz dubllar tufayli yuzaga kelgan texnik xatolar ham kam emas. Bu birinchi navbatda qahramonlarning kiyimi va soch turmagiga tegishli. Masalan, Jek kishanlarni bolta bilan chopayotgan kadrda ko‘ylagidagi "podtyajka" birdan g‘oyib bo‘lib qoladi. Shunga qaramay, bu kabi mayda detallar iste’dodli Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan ushbu ajoyib asardan oladigan taassurotni aslo buzolmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.