Afsonaviy nigeriyalik aktyor Olu Jeykobs 84 yoshida vafot etdi
Olu Jeykobs faoliyati bir necha oʻn yilliklarni qamrab olgan, Nigeriyaning eng taniqli aktyorlaridan biri edi.

Afsonaviy nigeriyalik aktyor Olu Jeykobs 84 yoshida vafot etdi
Uning rafiqasi, taniqli aktrisa Jouk Silva uning vafotini eʼlon qildi va oila motam tutayotgan bir paytda shaxsiy hayotga daxl qilmaslikni soʻradi.
Teatr, televideniye va kino sohasidagi faoliyati bir necha oʻn yilliklarni qamrab olgan Nigeriyaning eng mashhur aktyorlaridan biri Olu Jeykobs 84 yoshida vafot etdi.
Uning rafiqasi, taniqli aktrisa Jouk Silva uning vafotini eʼlon qildi va oila motam tutayotgan bir paytda shaxsiy hayotga daxl qilmaslikni soʻradi.
Silva oʻz bayonotida mashhur aktyorni "Lufodo arsloni" deb taʼrifladi va uning hayoti "munosib yashab oʻtilgan va kurashlarga boy boʻlgan"ini aytdi.
Uning eʼtiborga loyiq filmlari qatoriga "My Kingdom" (Mening qirolligim), "Covert Operation" (Yashirin operatsiya) va "One Fine Day" (Kunlardan bir kun) kiradi.
U Nigeriya kinoindustriyasi — Nollivudning asoschilaridan biri sifatida koʻrilardi va butun mamlakat boʻylab keng hurmat va eʼtirofga sazovor boʻlgan edi.
"Biz barcha blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollarini ayni damda oilamizning shaxsiy hayotini hurmat qilishga chaqiramiz", dedi Silva oʻz bayonotida.
1942 yil 11 iyulda tugʻilgan Jeykobs Londondagi Qirollik dramatik sanʼat akademiyasida tahsil olgan, shundan soʻng Britaniya teleloyihalari va xalqaro filmlardagi rollarni oʻz ichiga olgan faoliyatini boshlagan.

