Afsonaviy BioWare videooʻyinlar studiyasi 31 yildan soʻng yopildi
«Mass Effect» va «Dragon Age» oʻyinlarini yaratgan nufuzli studiya oʻz faoliyatini yakunlayotganini eʼlon qildi.

Afsonaviy BioWare videooʻyin studiyasi 31 yildan soʻng oʻz faoliyatini tugatdi
BioWare ilmiy-fantastik rolli oʻyinlar sohasiga katta taʼsir koʻrsatgan Mass Effect oʻyinini yaratgan edi
Mass Effect ilmiy-fantastik sagasi va Dragon Age fentezi turkumi ortida turgan BioWare oʻyin studiyasi yopildi.
Rolli oʻyinlarga ixtisoslashgan Kanada dasturchi kompaniyasi 1995 yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻzining murakkab va tarmoqlangan syujet liniyalari bilan millionlab muxlislarni orttirgan edi.
Biroq, uning oxirgi ikkita chiqarilgan oʻyini sotuv rejalarini bajara olmadi va bosh kompaniya Electronic Arts (EA) butun kompaniya boʻylab 400 ta ish oʻrnini qisqartirish doirasida studiyani yopishga qaror qilganini bildirdi.
Yangi Mass Effect oʻyinini ishlab chiqarayotgan edi BioWare oʻz bayonotida oʻzining 31 yillik tarixi davomida "voqealarning eng muhim qismi boʻlganliklari uchun" oʻyinchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Studiyaning ilk yirik muvaffaqiyati 1998 yilda Dungeons and Dragons qoidalariga asoslangan Baldur's Gate rolli oʻyinining chiqarilishi bilan keldi.
Keyinchalik u oʻz oʻyinlarining sifati bilan tanildi va 2000-yillarning oxirida Mass Effect trilogiyasi hamda Dragon Age turkumidagi bir nechta oʻyinlar bilan katta qoʻshaloq muvaffaqiyatga erishdi.
Xususan, Mass Effect oʻzining yuksak maqsadli voqealar bayoni va bir jinsli munosabatlar kiritilgani sababli videooʻyinlar sanoatiga uzoq muddatli taʼsir koʻrsatgan deb qaraladi.
Sanoat tendentsiyalari oʻzgarishi bilan, BioWare 2019 yilda Anthem oʻyinini chiqarish orqali bir kishilik oʻyinlardan koʻp kishilik oʻyinlarga oʻtdi, ammo bu oʻyin muxlislarni ham, tanqidchilarni ham hafsalasini pir qildi.
Shundan soʻng, u 2024 yilda turkumdagi toʻrtinchi oʻyin boʻlmish Dragon Age: The Veilguard oʻyinini chiqardi.
Oʻyinning uzoq davom etgan ishlab chiqilish jarayoni uning sovuqqonlik bilan kutib olinishiga, ayniqsa, turkumning avvalgi qismlaridagi murakkab axloqiy tanlovlar yetishmayotganini aytgan ashaddiy muxlislarning eʼtirozlariga sabab boʻldi.
BioWare’ning eng oxirgi chiqargan Dragon Age: The Veilguard oʻyini EA kutgan natijani bermadi
Studiyaning yopilishi EA — EA FC, The Sims va Battlefield kabi turkumlar ortida turgan videooʻyinlar giganti — Saudiya Arabistoni boshchiligidagi investorlar guruhi tomonidan 55 milliard dollarga sotib olinganidan bir necha oy oʻtib yuz berdi.
Bitimga koʻra, EA oʻz zimmasiga 20 milliard dollar qarz oldi va kompaniya bu qarzni qaytarishi kerak boʻladi.
Xodimlarga yuborilgan va keyinchalik veb-saytida eʼlon qilingan murojaatnomada kompaniya oʻz biznesiga "jiddiy nazar tashlaganini" hamda asosiy oʻyinlar va franshizalarga eʼtibor qaratishga qaror qilganini aytdi.
Bu "ekshn-sarguzasht yoʻnalishida bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladigan yirik loyihalar sonini kamaytirishni" anglatadi, deyiladi bayonotda. Shu bilan birga, yangi Iron Man oʻyini va Star Wars Jedi oʻyini ishlab chiqish bosqichida ekani tasdiqlandi.
Kompaniya shuningdek, EA Sports brendi ostida ikkita loyiha amalga oshirilayotganini, jumladan, "Project Gridiron" shartli nomli "ijtimoiy yoʻnaltirilgan" Amerika futboli oʻyini mavjudligini va Fight Night boks simulyatorini qayta tiklashning boshlangʻich bosqichida ekanini maʼlum qildi.
EA shuningdek, Skate skeytbording simulyatori va The Sims’ning uzoq muddatli muvaffaqiyatiga sodiq qolishini bildirdi.
Shunga qaramay, u yangi Sims loyihalaridan biri bekor qilinganini eʼlon qildi va Skate dasturchisi Full Circle’da ish oʻrinlari qisqartirilishini aytdi.
Kompaniya BioWare "rolli oʻyinlar janrini shakllantirishga yordam bergan afsonaviy studiya ekanini va bu qarorni yengillik bilan qabul qilmaganini" taʼkidladi.

