Afgʻonistondagi zilzila Oʻzbekistonda ham sezildi
1-oktabr kuni Afgʻonistonning Bagʻlon hududida 5 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Yer silkinishi Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatida 2 ball kuch bilan sezilgan.

Afgʻonistonda yuz bergan zilzila Oʻzbekistonda ham sezildi. Taqdim etilgan seysmologik maʼlumotlarga koʻra, silkinish soat 06:29:19 da qayd etilgan, uning oʻchogʻi 128 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 589 kilometr janubi-gʻarbda boʻlib, koordinatalari 35,99 daraja shimoliy kenglik va 68,56 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan.
Surxondaryo viloyati boʻyicha epitsentrgacha masofa 180 kilometr deb koʻrsatilgan.
Xabarda jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida maʼlumot berilmagan.

