Sport

Adidas Zidanning afsonaviy faoliyatini aks ettiruvchi hashamatli butsalarni sotuvga chiqardi

Adidas Zidanning afsonaviy faoliyatini yodga soluvchi hashamatli butsalarni taqdim etdi

Adidas Zidanning brend bilan 30 yillik hamkorligiga bag‘ishlangan, uning afsonaviy faoliyatiga ishora qiluvchi ramziy detallarga boy Predator butsalarining maxsus hashamatli versiyasini sotuvga chiqardi.

Zizu — Predator modelining asosiy yuzi. U aynan shu butsalarda 1998-yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan, 2006-yilgi finalda esa mashhur oltin rangli variantda maydonga tushgan edi. Yangi model zamonaviy texnologiyalarni va Zidanning faoliyatidagi eng yorqin sahifalarni o‘zida mujassam etadi.

Modelning asosiy xususiyatlari va detallari:

Rangi va milliy ramzlar: Butsalar oq va oltin ranglar uyg‘unligida tayyorlangan. Tashqi tomonidagi ko‘k, oq va qizil elementlar uning Fransiya terma jamoasidagi zafarlariga ishora qiladi.

Shaxsiy logotip: Qaytarma tilchasida Zidanning oltin rangli shaxsiy logotipi joylashtirilgan. Ushbu logotip dizayni Zizuning 2002-yilgi Chempionlar ligasi finalida urgan mashhur afsonaviy golidan ilhomlanib yaratilgan.

Faoliyat geografiyasi: Tilcha ostidagi elastik tasmalarida Zidanning bosib o‘tgan yo‘li aks ettirilgan. O‘ng butsada uning professional faoliyatida muhim o‘rin tutgan shaharlar, chap butsada esa bo‘lajak afsonaning bolaligi va yoshligi o‘tgan Marsel tumanlari nomlari yozilgan.

Yubiley belgisi: Maxsus " ZZ30 " markirovkasi futbolchi va brend o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlikni anglatadi.

Ushbu cheklangan miqdordagi oyoq kiyimlar (limited edition) 8-sentabrdan sotuvga chiqadi. Butsaning taxminiy narxi — 300 yevro atrofida.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.