Abu Dabida ulkan Hogvarts quriladi

Abu Dabida ulkan Hogvarts barpo etiladi
World yopiq istirohat bog‘ida “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan katta hudud qurilmoqda. U uchta tematik bo‘limdan — Hogvarts qasri, Tor ko‘cha va Taqiqlangan o‘rmondan iborat bo‘ladi.
Asosiy attraksion filmlardan tanish bo‘lgan sehrli Ford Anglia — uchar avtomobilda sayr qilish bo‘ladi. Bu haqda 2024-yilda loyiha ustida ishlagan konsept-dizayner Ket Chang ma’lum qildi.
Bu mexanizmlar aynan qanday ishlashi hozircha oshkor etilmagan. Universal parklarida tashrif buyuruvchilar dekoratsiyalarda turli effektlarni ishga tushiradigan interaktiv sehrli tayoqchalardan foydalanishlari mumkin, biroq bu tizim Universal’ning o‘z ishlanmasi hisoblanadi. Shu sababli Abu Dabida atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirlashishning boshqa usuli paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Butun Warner Bros. World Abu Dhabi yopiq bino ichida joylashgan, shuning uchun Hogvarts, Tor ko‘cha va Taqiqlangan o‘rmon ham bino ichiga joylashtiriladi. Ularning qurilishini 2029-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

