Sport

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi maoshi oshkor etildi

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning Angliyaning "Manchester Siti" klubi bilan imzolagan yangi shartnomasining moliyaviy shartlari ma’lum bo‘ldi. 22 yoshli futbolchi joriy yilning iyul oyida "Manchester Siti" bilan 2031-yil 30-iyuniga qadar amal qiladigan besh yillik shartnoma tuzgan edi.

Capology portalining xabar berishicha, Husanovning kafolatlangan yillik maoshi 5,2 million funt sterlingni tashkil etadi, bu haftasiga 100 ming funtga teng. Besh yillik shartnomaning umumiy kafolatlangan qiymati 26 million funtni tashkil qiladi.

Shartnomada natijalarga bog‘liq qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Ushbu bonuslar orqali futbolchi haftasiga yana 25 ming funt (yillik 1,3 million funt) ishlab topishi mumkin. Barcha bonuslar hisobga olinganda, himoyachining maksimal yillik maoshi 6,5 million funtga yetadi.

Ma’lumot uchun, jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Erling Holand bo‘lib, uning haftalik asosiy daromadi 525 ming funtni tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinlarda Jek Grilish (300 ming funt), Omar Marmush (295 ming funt), Fil Foden (280 ming funt) va Janluiji Donnarumma (265 ming funt) joylashgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.