Mahalliy

Abdulaziz Abdulxakov Yashnobod tumani hokimi bo‘ldi

Abdulaziz Abdulxakov Toshkentning Yashnobod tumani hokimi etib tasdiqlandi. U 2025-yildan buyon UET Construction kompaniyasining ijtimoiy obyektlarni qurish departamentini boshqarib kelayotgan edi. U bu lavozimda Baxtiyor Rahmonqulovning o‘rnini egalladi.

Abdulaziz Abdulxakov Yashnobod tumani hokimi etib tayinlandi

Abdulaziz Axatovich Abdulxakov Toshkent shahrining Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

U 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida hokimlik tizimida qurilish, arxitektura va kommunal xo‘jalik yo‘nalishlarida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2025-yildan boshlab Toshkentdagi UET Construction MCHJda ijtimoiy obyektlarni qurish departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.

UET Construction — 2023-yilda Toshkentda tashkil etilgan muhandislik-qurilish kompaniyasi. U energetika, sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalash, jihozlar va materiallar bilan ta’minlash hamda qurish bilan shug‘ullanadi, Yangi Toshkent loyihalarida ishtirok etmoqda.

Bungacha Yashnobod tumaniga 2020-yil avgustda ushbu lavozimga tasdiqlangan Baxtiyor Rahmonqulov rahbarlik qilgan. U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Tuman hokimi etib tayinlanguniga qadar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.