Mahalliy

9,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi 9,3 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridida qonunbuzilish holatlarini aniqlandi. Xususan, «Binolardan foydalanish va qurilish-ta’mirlash ishlari direksiyasi» buyurtmachiligida 1,74 mlrd so‘mlik, «Bekobod ovqatlanish kombinati» buyurtmachiligida 1,6 mlrd so‘mlik, Uchqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 1,55 mlrd so‘mlik davlat xaridi noqonuniy tarzda amalga oshirilgan.

Davlat xaridlarida 9,3 milliard so‘mdan ziyod qonunbuzilish holatlari aniqlandi, deya ma’lum qildi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi.

Agentlik tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida quyidagi tashkilotlarning xaridlarida qoidabuzarliklar qayd etilgan:

* «Binolardan foydalanish va qurilish-ta’mirlash ishlari direksiyasi» buyurtmachiligida – 1,74 milliard so‘m;

* «Bekobod ovqatlanish kombinati» MChJ buyurtmachiligida – 1,6 milliard so‘m;

* Uchqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida – 1,55 milliard so‘m;

* Uchqo‘rg‘on tuman voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati buyurtmachiligida – 1,43 milliard so‘m;

* Urganch shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida – 824 million so‘m;

* Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligida – 790,5 million so‘m;

* Piskent tumani hokimligi buyurtmachiligida – 700 million so‘m;

* Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachiligida – 241,5 million so‘m;

* Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida – 238,5 million so‘m;

* Yangibozor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachiligida – 202,9 million so‘m.

Ushbu davlat xaridlarida baholash jarayonida qonunchilik talablariga zid ravishda qonunbuzilishlar hamda ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklash holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Agentlik xabarida aytilishicha, «Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan yuborilgan agentlikning taqdimnomalari bilan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinishi ta’minlanib, davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi. O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi».

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.