Dunyo

«800 dan ortiq kishi hali qamoqda»: Kolesnikova Yevropani Minsk bilan muloqotga chaqirdi

Belaruslik faol va sobiq siyosiy mahbus Mariya Kolesnikova Yevropa Ittifoqini siyosiy mahbuslarni ozod qilish uchun Minsk bilan diplomatik muloqotdan foydalanishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, AQShning muzokaralar yoʻli natija bergan va bu tajribani davom ettirish kerak.

«800 dan ortiq kishi hali qamoqda»: Kolesnikova Yevropani Minsk bilan muloqotga chaqirdi

Kolesnikova DWʼga bergan intervyusida Yevropa davlatlari AQShdan namuna olib, Belarusdagi siyosiy mahbuslar hayotini saqlab qolish uchun diplomatiya va sanksiyalardan foydalanishi kerakligini aytdi.

U soʻnggi vaqtlarda muloqot zarurati haqida koʻproq gapirayotgani Aleksandr Lukashenko rejimiga munosabati yumshaganini anglatmasligini taʼkidladi. Faolning soʻzlariga koʻra, qamoqda oʻtkazgan yillari uning tizimga qarashini oʻzgartirmagan.

«Biz hozir siz bilan suhbatlashyapmiz, chunki aynan diplomatiya taʼsir oʻtkazish va muayyan maqsadlarga erishish vositasi sifatida ishga solingan», - dedi Kolesnikova.

U oʻzining ozodlikka chiqishini diplomatik muzokaralar natija berishiga misol sifatida keltirdi.

Kolesnikova Belarus qamoqxonalarida siyosiy sabablarga koʻra hukm qilingan 800 dan ortiq kishi hanuz qolayotganini eslatdi.

«Agar AQShning muzokaralar yoʻli ish berganini koʻrib turgan boʻlsak, demak, undan foydalanish kerak», - dedi u.

DW maʼlumotiga koʻra, Vashington va Minsk oʻrtasidagi muzokaralar natijasida Belarus kompaniyalariga nisbatan sanksiyalarni yumshatish evaziga qariyb 500 siyosiy mahbus ozod qilingan.

Kolesnikova Yevropa Ittifoqini ham shunday yondashuvni qoʻllashga chaqirdi.

Faol Yevropa bilan aloqalarning kengayishini Belarusning kelajagi va mintaqaviy xavfsizlik bilan ham bogʻladi.

«Yevropaning rejim uchun emas, Belarus va belaruslar uchun ochiqligi mamlakatda Rossiya taʼsir doirasini qisqartirishi mumkin», - dedi u.

Kolesnikova buni Yevropa xavfsizlik tizimi uchun muhim maqsad deb baholadi.

U Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyning Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov bilan yaqinda oʻtkazgan muzokaralarini ham alohida tilga oldi. Uchrashuv Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.