Dunyo

8 muftiy va 4 manzil – Musulmonlar idorasi tarixiga nazar

1943-yilda shayx Eshon Boboxon boshchiligidagi ulamolar Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlarini yagona diniy boshqarmaga birlashtirish tashabbusi bilan chiqqandi. Shu kunlarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashkil etilganiga 83 yil toʻldi.

8 muftiy va 4 manzil – Musulmonlar idorasi tarixiga nazar

2026-yil 20-oktabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashkil etilganiga 83 yil toʻldi.

Musulmonlar idorasi maʼlumotiga koʻra, 1943-yilning aynan shu kuni Toshkentda oʻtgan ulamolar va din arboblari qurultoyida ushbu tuzilmaga asos solingan.

Idora Ikkinchi jahon urushi davrida, Sovet hukumati dinga nisbatan cheklovlarni yumshata boshlagan paytda tashkil etilgan. 1943-yil yozida toshkentlik olim Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon boshchiligidagi ulamolar Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlarini yagona diniy boshqarmaga birlashtirish tashabbusi bilan chiqqan. Ular SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi Mixail Kalininga murojaat qilgan, shu yilning iyul oyida esa idorani ochishga rasmiy ruxsat olingan.

Birinchi qurultoy 1943-yil 15–20-oktabr kunlari Eshon Boboxonning Qorasaroy koʻchasidagi hovlisida boʻlib oʻtgan. Unda besh respublikadan kelgan 160 dan ortiq vakil Eshon Boboxonni bir ovozdan Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, besh respublika muftiysi etib saylagan.

Idora tarixi davomida bir necha bor nomini oʻzgartirgan. Sovet davrida muftiyat «diniy boshqarma» deb atalgan. 1990-yillar boshida mintaqadagi har bir respublika oʻz diniy boshqarmasini tuzgan.

1992–1995-yillarda Oʻzbekistondagi idora Movarounnahr musulmonlari idorasi deb yuritilgan, 1996-yildan esa Oʻzbekiston musulmonlari idorasi nomini olgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.