Boshqa

8 mln yevrolik yaxta xariddan to‘rt kun o‘tib cho‘kib ketdi (video)

8 million yevrolik yaxta xarid qilinganidan to‘rt kun o‘tib cho‘kib ketdi (video)

Italiyaning Il Messaggero gazetasi xabariga ko‘ra, Sardiniya qirg‘oqlarida qiymati 9 million yevrodan oshiq bo‘lgan super yaxta sotib olinganidan atigi to‘rt kun o‘tib yonib ketdi va suvga g‘arq bo‘ldi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu voqea 30 metrlik "Angiola II" kemasi bilan sodir bo‘lgan. Hodisa Porto Chervo yaqinidagi Kosta Smeralda sohilida ro‘y bergan. Kema bortida yong‘in boshlangan va tez orada u butunlay suvga cho‘kkan. Bortda bo‘lgan 14 kishining barchasi favqulodda xizmatlar tomonidan qutqarib qolingan.

"Angiola II" fojiadan to‘rt kun oldin yangi egasiga topshirilgan edi. Shikastlangan kemani qirg‘oqqa buksir yordamida olib kelish rejalashtirilgan. Favqulodda xizmatlar hodisa natijasida suvga yonilg‘i sizib chiqishi holatlari aniqlanmaganini maʼlum qildi. Kemani ishlab chiqaruvchi Amer Yachts kompaniyasining taʼkidlashicha, yaxta 2020-yilda suvga tushirilgan va shu vaqtgacha bir necha bor egalarini o‘zgartirgan.

Kompaniya shunday dedi: “Yaxta kafolat muddatida bo‘lganida, biz uning texnik xizmat ko‘rsatilishini nazorat qilib borganmiz. Yo‘lovchilar va kema ekipajining xavfsiz ekanidan mamnunmiz. Boshqalar qatori biz ham rasmiy surishtiruv natijalarini kutmoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati qirg‘oqlarida ham yaxta cho‘kib ketgan edi. O‘shanda kuchli to‘lqinlar sababli qutqaruv qayig‘i ham ag‘darilib ketgan va oqibatda uch kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning ikki nafari ko‘ngilli qutqaruvchilar edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.