76 foizdan 97 foizga: ayollar orasida internetdan foydalanish koʻpaydi
2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonda internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta ayollar ulushi 97 foizni tashkil etdi. Bu 2021-yildagi koʻrsatkichdan 20,4 foiz bandga yuqori.

76 foizdan 97 foizgacha: ayollar orasida internetdan foydalanish oshdi
Qayd etilishicha, 2021-yilda 10 yosh va undan katta ayollar orasida internetdan foydalanuvchilar ulushi 76,6 foizni tashkil etgan. 2026-yilning yanvar–avgust oylarida esa bu ko‘rsatkich 97 foizga yetgan.
Mazkur davrda 10 yosh va undan katta erkaklarning 97,5 foizi internetdan foydalangan. Natijada, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tafovut 0,5 foiz bandni tashkil etgan.

