Siyosat

616 mln so‘mlik tanlov bog‘cha tarbiyachilari o‘rtasida ham o‘tkaziladi

Avvalroq «Yil o‘qituvchisi» tanlovida 208 ta o‘qituvchi g‘olib bo‘lgandi.

616 mln so‘mlik tanlov bog‘cha tarbiyachilari o‘rtasida ham o‘tkaziladi

616 million so‘mlik mukofot bilan o‘tkazilgan tanlov endilikda bog‘cha tarbiyachilari orasida ham tashkil etiladi.

Kelasi yildan «Yil o‘qituvchisi» tanlovini bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkazish taklif qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda ta’lim tizimi vakillari bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda ushbu tashabbusni ilgari surib, ularning mehnatini ham munosib rag‘batlantirish kerakligini ta’kidladi.

Bu yil yangi formatda o‘tkazilgan tanlovda 208 ta tuman va shahar g‘olibining har biriga 616 million so‘mdan mukofot topshirilgan.

«Kelasi yildan ushbu tanlovni 14 ta hududdagi bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkazib, ularni ham mukofotlasak, sizlarga ma’qulmi?

» — dedi davlat rahbari.

Shu tariqa, 2027 yildan bolalarga ilk ta’lim-tarbiya berayotgan bog‘cha tarbiyachilari va yoshlarga kasb o‘rgatayotgan texnikum ustalarini ham mazkur tanlov orqali taqdirlash rejalashtirilmoqda.

Prezident o‘qituvchilarning daromadiga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, hozir 40 ming o‘qituvchi ming dollardan, yana 1,5 ming nafar o‘qituvchi esa ikki ming dollardan yuqori maosh olmoqda.

«40 ming emas, 140 ming ustoz 1000 dollardan olsa — buyam kam, men ko‘payishi tarafdoriman»,

— dedi Prezident.

Ma’lumot uchun, bu yilgi «Yil o‘qituvchisi» tanlovida respublika bo‘yicha 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etib, 208 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.