5 milliondan ortiq futbol muxlisi Argentinani JChdan chetlatish talabi bilan petitsiya imzoladi
Jahon chempionati muxlislari Xalqaro futbol federatsiyasini (FIFA) Argentinaga yon bosishda ayblab, jamoani turnirdan chetlatish talabi bilan petitsiya imzolashdi.Gap shundaki, Argentina terma jamoasi chorak finalda Shveysariyaga qarshi maydonga tushib, g‘alabaga erishdi. Uchrashuv davomida shveysariyalik hujumchi Brel Embolo ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Dastlab...

5 milliondan ortiq futbol muxlisi Argentinani Jahon chempionatidan chetlatish uchun petitsiya imzoladi. Jahon chempionati muxlislari Xalqaro futbol federatsiyasini (FIFA) Argentinaga nisbatan yon bosishda ayblab, jamoani turnirdan chetlatish talabini ilgari surishdi. Argentina terma jamoasi chorak finalda Shveysariyaga qarshi o‘ynab, g‘alaba qozondi. Uchrashuv davomida shveysariyalik hujumchi Brel Embolo ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Dastlab hakam ogohlantirishni argentinalik Leandro Paredesga bergan, ammo VAR tekshiruvidan so‘ng qarorini o‘zgartirdi. Shuningdek, Argentina va Misr o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvida ham VAR yordamida misrliklarning goli bekor qilinishi muxlislar noroziligiga sabab bo‘ldi. Petitsiya mualliflari FIFA va hakamlar Lionel Messi hamda Argentina terma jamoasiga nisbatan xolis emasligini ta’kidlab, jamoani jahon chempionatidan chetlatishni talab qilmoqda. «FIFA va hakamlar Lionel Messi hamda Argentina terma jamoasiga nisbatan ochiqchasiga tarafkashlik qilyapti. Agar g‘olib allaqachon belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, qolgan jamoalar nega musobaqalashishi kerak? Argentinani Jahon chempionatidan chetlashtiring va qolgan barcha jamoalarga adolatli imkoniyat bering», — deyiladi petitsiya izohida. argentinaout.com saytida joylashtirilgan petitsiyani hozirga qadar 5 milliondan ortiq kishi imzolagan. Ushbu petitsiya shunchaki muxlislar noroziligini ifodalaydi va chempionat natijalariga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Argentina terma jamoasi yarim finalda 15 iyul kuni Atlantada Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
JCh ishtirokchilari sonini 64 tagacha oshirish masalasi ko‘rilmoqda.
JCh-2026: Ispaniya Belgiyani yengib yarim finalga chiqdi.
Argentina beshta gol urilgan o‘yinda Misrni qiyinchilik bilan yengdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!
Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?
Manba: Mirziyoyev Qatardagi ta’ziya marosimida ishtirok etishi mumkin.
Ikki kichik sayyora – asteroidlarga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi.
«Boyo‘g‘li»lar chindan ham xavf ostidami?
Fransiyada ko‘pchilik qo‘rqqan hodisa ro‘y berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova lavozimini tark etgan – manba.
Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya harbiysi halok bo‘ldi.
Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.
Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Baxtiyor Sheraliyev biologist-ixtiolog / genetik.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik

