5 million funt sterlinglik bozor yopiqligicha qolayotgani «hafsalaning pir boʻlishiga» sabab boʻlmoqda
Xardorlar bozorning qayta ochilishini xohlashmoqda, ammo kengashning bildirishicha, uning kelajagini taʼminlash uchun tekshiruvlar oʻtkazilishi kerak.

5 million funt sterlinglik bozor yopiqligicha qolayotgani «narozilik» uygʻotmoqda
Bozor pavilonidagi ishlar endi yakunlandi, biroq Nyuton-Ebbotdagi yangi bozorning uzoq kutilgan ochilishi uning kelajakdagi faoliyati boʻyicha «lozim darajadagi tekshiruv» oʻtkazilayotgani sababli hali ham toʻxtatib qoʻyilgan.
Xaridorlar yangi bozor binosi boʻsh turganidan hafsalasi pirga boʻlganini aytishdi, koʻpchilik ijtimoiy tarmoqlarda oʻz noroziligini bildirdi, bir kishi esa shunday dedi: «Hozircha bu yana bir keraksiz va qimmatbaho loyiha boʻlib turibdi».
Bozor pavilonini qayta tiklash hukumatning «Future High Streets Fund» jamgʻarmasi tomonidan 5 million funt sterling miqdorida moliyalashtirildi va ishlar iyun oyida yakunlandi.
U kuzda ochilishi kerak edi, ammo Teynbridj kengashi hali ham rasmiyatchiliklarni hal qilish bilan band. Loyihaga rahbarlik qilayotgan kengash aʼzosi Devid Peyltorp shunday dedi: «Biz noroziliklarni tushunamiz, ammo buni shoshilmasdan, toʻgʻri bajarishni afzal koʻramiz».
Xaridorlardan biri Mahalliy demokratiya boʻyicha reportaj xizmatiga shunday dedi: «Agar bu xususiy bino boʻlganida, ijarachilar ishlar tugamasdanoq aniqlab olingan boʻlardi. Bunday kechikishlarga hech qanday bahona yoʻq».
Kengashning iqtisodiyot va yirik loyihalar boʻyicha ijroiya aʼzosi Peyltorp shunday dedi: «Uy sotib olishga oʻxshab, siz murakkab huquqiy baza sababli dastlab nazarda tutilganidan uzoqroq vaqt olishi mumkin boʻlgan lozim darajadagi tekshiruvni oʻtkazasiz».
Uning aytishicha, ijara haqi hali belgilanmagan va u bozorni oʻz zimmasiga oladigan operatorlar tomonidan belgilanadi.
Peyltorp u Rojdestvogacha ochilishiga umid qilgan edi va bozor maydonida bayram tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha muhokamalar boʻlayotganini aytdi.
U kayta ochilishning kechikishidan «har qanday boshqa odam kabi hafsalasi pirga boʻlganini» aytdi va ushbu loyiha Nyuton-Ebbotni XXI asr bozor shahriga aylantirishga yordam berishiga umid qilishini qoʻshimcha qildi.
Teynbridj kengashining bildirishicha, u bozorni oʻz zimmasiga olishga qiziqish bildirgan tashkilotlar bilan ishlamoqda. Bozor tarkibiga koʻcha taomlari uchun maxsus boʻlinmalar, bar, kafe va 10 tagacha doimiy rastalar, shuningdek, kundalik savdogarlar, hunarmandchilik bozorlari va jamoatchilik tadbirlari uchun moslashuvchan maydonlar kiritilishi koʻzda tutilgan.

