Iqtisodiyot

404 milliard soʻmlik toʻlov: "KAPITAL SUG‘URTA"ning uch yillik natijalari eʼlon qilindi

Oʻzbekiston sugʻurta bozorida 1991-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan "KAPITAL SUG‘URTA" aksiyadorlik jamiyati soʻnggi yillardagi faoliyati yuzasidan maʼlumot berdi. Unda sugʻurta toʻlovlari, hududiy tarmoqni kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va raqamli xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha koʻrsatkichlar keltirilgan.

404 milliard soʻmlik toʻlov: "KAPITAL SUG‘URTA"ning uch yillik natijalari maʼlum qilindi

Sugʻurta kompaniyasi faoliyatidagi asosiy koʻrsatkichlardan biri mijozlarga toʻlangan sugʻurta tovoni hajmi hisoblanadi. Berilgan maʼlumotlarga koʻra, 2024-yildan 2026-yilning birinchi yarim yilligigacha kompaniya sugʻurta hodisalari boʻyicha jami 404,25 milliard soʻmdan ortiq toʻlov amalga oshirgan.

• 2024-yil: 6 667 ta murojaat koʻrib chiqilib, 152,3 milliard soʻm sugʻurta tovoni toʻlangan;

• 2025-yil: 45 133 ta murojaat koʻrib chiqilib, 210,2 milliard soʻm toʻlov amalga oshirilgan;

• 2026-yilning birinchi yarmi: 2 191 ta murojaat boʻyicha 41,75 milliard soʻm sugʻurta tovoni taqdim etilgan.

2025-yilda sugʻurta toʻlovlari hajmi 2024-yilga nisbatan qariyb 38 foizga oshgan. Shu davrda murojaatlar soni ham sezilarli darajada koʻpaygan.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, "KAPITAL SUG‘URTA"ning respublika boʻylab 54 ta filiali, boʻlimlari va savdo markazi faoliyat yuritmoqda. Hududiy tarmoq mamlakatning barcha viloyatlarini, jumladan, chekka tumanlarni ham qamrab oladi.

Mazkur boʻlinmalarda 200 nafardan ortiq mutaxassis doimiy ish bilan taʼminlangan. Kompaniya hududlarda faoliyat olib borish orqali sugʻurta xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish va mahalliy bandlikni qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratayotganini bildirgan.

Shuningdek, tashkilot soʻnggi uch yil davomida davlat byudjetiga 56,7 milliard soʻmdan ortiq soliq va majburiy toʻlovlar oʻtkazgan.

Taʼkidlanishicha, tashkilot faoliyatidagi muhim yoʻnalishlardan yana biri axborot texnologiyalarini joriy etish va sugʻurta xizmatlarini raqamli shaklga oʻtkazishdan iborat.

Berilgan maʼlumotlarga koʻra, mijozlar rasmiy veb-sayt, mobil ilova va Telegram-bot orqali 25 dan ortiq onlayn sugʻurta xizmatidan foydalanishi mumkin. Bu sugʻurta polislarini masofadan turib rasmiylashtirish, xizmatlardan foydalanishga ketadigan vaqtni qisqartirish va mijozlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.