4 yoshli qiz vafot etgan oiladagi yana bir bola xavfsizlik uchun qarindoshiga topshirildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida sodir bo‘lgan 4 yoshli qizning o‘limi bilan

4 yoshli qiz vafot etgan oiladagi yana bir bola xavfsizlik uchun qarindoshiga topshirildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yuz bergan 4 yoshli qizning o‘limi bilan bog‘liq holatni alohida nazoratga oldi.
Ma’lum qilinishicha, oilada yana bir voyaga yetmagan bola bor bo‘lib, uning xavfsizligi, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida u yaqin qarindoshining vasiyligiga topshirilgan.
Ayni paytda vasiylikka berilgan bolaning hayotiy holatini barqarorlashtirish, xavfsizligini ta’minlash va huquqiy manfaatlarini himoya qilish uchun ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislari tomonidan uning yashash sharoiti hamda mavjud xavf omillari baholanmoqda. Unga zarur psixologik yordam ko‘rsatiladi, tibbiy ko‘rik tashkil etiladi va ehtiyoj tug‘ilsa, davolash choralari ko‘riladi.
Bolaning yashash manzili o‘zgargani hisobga olinib, uning ta’limini uzluksiz davom ettirish bo‘yicha ham choralar ko‘rilmoqda.
Hozirda yaqin qarindoshi qaramog‘iga topshirilgan voyaga yetmagan bolaning xavfsizligi va farovonligi, shuningdek, unga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda individual rejaning ijrosi Agentlik tomonidan muntazam nazorat qilinib boriladi, deyiladi xabarda.

