399,3 mlrd so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
Raqobat qo‘mitasi murojaatlari asosida millionlab iste’molchilar manfaati himoya qilindi. Eng katta natija kommunal va boshqa

399,3 milliard so‘m iste’molchilar hisobiga qayta hisoblandi.
Raqobat qo‘mitasiga 2023-yildan 2026-yilning iyul oyiga qadar jami 137 785 ta murojaat kelib tushgan. Bu murojaatlar uy-joy kommunal va transport xizmatlari, aloqa, moliya, ijtimoiy xizmatlar hamda reklama masalalarini qamrab olgan.
Murojaatlar soni yillar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: 2023-yilda 20 691 ta, 2024-yilda 30 070 ta, 2025-yilda 53 670 ta, 2026-yilning dastlabki yetti oyida esa 33 354 tani tashkil etgan.
Murojaatlarning asosiy qismi uy-joy kommunal va transport xizmatlariga (68 326 ta), savdo va umumiy ovqatlanishga (39 397 ta), shuningdek, aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlarga (25 965 ta) oid bo‘lgan.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, murojaatlar sonining ortishi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining samarali ishlashidan va aholining bu boradagi faolligi oshib borayotganidan dalolat beradi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish maqsadida "Iste’molchi murojaati" elektron platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, bu orqali murojaat yuborish imkoniyati yaratilgan.
O‘tgan uch yarim yildan ortiq davrda kelib tushgan murojaatlarning 116 105 tasi, ya’ni 86,7 foizi ijobiy hal etilgan. Ularning 73 foizi qanoatlantirilgan, 25 foizi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan, qolgan 2 foizi esa vakolatli organlarga yuborilgan.
Bundan tashqari, kommunal, tibbiyot va farmatsevtika, savdo va maishiy xizmat, telekommunikatsiya, sug‘urta hamda moliyaviy xizmatlar kabi 20 dan ortiq yo‘nalishda o‘rganishlar o‘tkazilgan.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan ayrim subyektlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Qo‘mita tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 11,7 milliondan ortiq iste’molchidan ortiqcha olingan 399,3 milliard so‘m mablag‘ ularning foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

