Mahalliy

35 yillik tarix suratlarda: «Mustaqillik xotirasi» fotokoʻrgazmasi ochildi

Toshkentda Oʻzbekiston tarixining turli davrlarini aks ettirgan 150 dan ortiq fotosurat jamlangan koʻrgazma ochildi

35 yillik tarixni suratlarda aks ettiruvchi «Mustaqillik xotirasi» fotokoʻrgazmasi ochildi.

Bugun, 21 avgust kuni Toshkent Fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan «Mustaqillik xotirasi» fotokoʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazma «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» gʻoyasi asosida tashkil etildi.

Ushbu tadbir Adliya vazirligi huzuridagi «Oʻzarxiv» agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Toshkent Fotosuratlar uyi hamda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamkorligida oʻtkazildi.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. Nuriddinov, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari X. Xudoyberdiyev va «Oʻzarxiv» agentligi mutasaddilari soʻzga chiqishdi.

Koʻrgazmada mamlakatning 1928 yillardan buyongi tarixini aks ettiruvchi fotosuratlar oʻrin olgan. Ekspozitsiyada mustaqillikning ilk yillaridagi bayram tadbirlari, sanoat rivoji, xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalar, taʼlim sohasidagi yutuqlar va sportchilarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini aks ettirgan kadrlar jamlangan.

Shuningdek, mehnat jarayoni, hunarmandlarning faoliyati va ular tayyorlagan mahsulotlardan namunalar, mamlakatning tarixiy va meʼmoriy obidalari tasvirlangan fotosuratlar ham namoyish etilmoqda.

Ekspozitsiyada 150 dan ortiq fotosurat mavjud. Ular orasida mustaqillik yillarida Oʻzbekiston hududlarida iqtisodiyot va maʼnaviyat sohalaridagi oʻzgarishlarni aks ettiruvchi kadrlar ham bor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.