Sport

34 yoshli erkak Istanbuldan Irlandiyagacha yalangoyoq yurib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

34 yoshli erkak Istanbuldan Irlandiyagacha yalangoyoq yurib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Irlandiyaning Klermorris shaharchasida yashovchi 34 yoshli Imonn Kivni Istanbuldan Irlandiyagacha yalangoyoq yurib borib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Kivni 6805,8 km masofani 369 kunda, ya’ni bir yildan sal ko‘proq vaqt ichida bosib o‘tdi. U safarini Turkiyadan boshladi va Bolgariya, Ruminiya, Vengriya, Avstriya, Germaniya, Fransiya, Angliya hamda Uels orqali o‘tib, o‘z ona yurti Irlandiyaga qaytib keldi.

Irlandiyalik sportchi ilk bor 2016-yilda yalangoyoq 2080,14 km masofani bosib o‘tib, rekord o‘rnatgan edi. Biroq keyinchalik uning bu natijasini polshalik Pavel Durakevich (3409,75 km) yangiladi, shuning uchun Kivni navbatdagi rekord uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. U bir yillik sayohatga moslashish, noqulaylik va qadoqlarga ko‘nikish uchun Klermorris bo‘ylab muntazam ravishda yalangoyoq yurardi.

“Albatta, oyoqlarim rosa og‘ridi. Tovonimning terisi ancha qalin bo‘lsa-da, kunlab asfaltda yurishdan keyin ular qop-qora qon bo‘lib shilinib ketardi. Oyoqlarimga tikanlar va shisha siniqlari sanchilar, sayohat oxiriga yaqin esa tikanli buta tufayli bir oyog‘im yallig‘lanib, naq bir hafta yurolmay qoldim”, deya eslaydi u.

Yozda havo juda issiq bo‘lgani uchun 1-2 kunga tanaffus qilishga, qishda esa sovuq sababli yurishni to‘xtatib turishga to‘g‘ri kelardi.

Sayohatchining aytishicha, odamlar unga ko‘pincha hayrat bilan qaragan, ammo umuman olganda, do‘stona munosabatda bo‘lishgan. Ba’zida notanish kishilar uni o‘z uyiga taklif qilib, yordamga muhtoj bo‘lganida qo‘llab-quvvatlashgan.

“Birinchi shaharga yetib, hali biror uyga ulgurmasimdan, bir turk kishi meni qahva va nonushtaga taklif qildi, kelini va nabiralari bilan tanishtirdi. Ketishimdan oldin esa nabirasi shifoxona qayerda ekanini ko‘rsatib, shahar xaritasini chizib berdi”, dedi u.

Piyoda sayohat qilishdan tashqari, 2024-yilda Kivni yana bir g‘ayrioddiy rekord o‘rnatdi — u bir g‘ildirakli velosipedda butun Irlandiyani 5 kunda kezib chiqdi. O‘shanda u buni o‘zi uchun “murakkablik va bema’nilikning mukammal uyg‘unligi” deb bilganini tushuntirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.