+32 darajagacha: 8 oktyabr kuni Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi
8 oktyabr kuni Oʻzbekistonda havo harorati hududlar boʻyicha sezilarli darajada farq qiladi. Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, kunduzi togʻlarda 13–18 darajadan, janubda 32 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda. Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi 11–13 daraja, kunduzi 24–26 daraja issiq boʻladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida kechasi 8–13 daraja, kunduzi 20–25 […]

+32 darajagacha: 8 oktyabr kuni Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi
8 oktyabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo harorati hududlarga qarab sezilarli darajada farq qiladi. Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, kunduzi termometr koʻrsatkichlari togʻlarda 13–18 darajadan, janubda 32 darajagacha issiqni tashkil etadi.
Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi 11–13 daraja, kunduzi 24–26 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida kechasi 8–13 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq boʻladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati 23–28 darajagacha koʻtariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 10–15 daraja, kunduzi 22–27 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 27–32 darajagacha koʻtariladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida kunduzi 20–25 daraja iliq boʻladi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.
Togʻli hududlarda kechasi 5–10 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq boʻlishi prognoz qilinmoqda. Fargʻona vodiysining togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

