«3 kunda davolaymiz»: Oʻzbekistondagi klinikalarga vaʼdalar berilgan reklama uchun jarima tahdid solmoqda
Raqobat qoʻmitasi tibbiyot tashkilotlarini davolash natijasini kafolatlovchi reklama uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi. Ishonchsiz reklama uchun BHMning 70 baravari miqdorida jarima koʻzda tutilgan. Idora «kasallikdan butunlay xalos etamiz», «mutlaqo xavfsiz», «uch kunda davolaymiz» va «nojoʻya taʼsirlarsiz» kabi iboralarga eʼtibor qaratdi. Bunday bayonotlar isteʼmolchilarni chalgʻitishi mumkin. Bundan tashqari, klinikalarga […] reklama qilish taqiqlanadi.

«3 kunda davolaymiz»: Oʻzbekistondagi klinikalarga vaʼdalar aks etgan reklama uchun jarima tahdid solmoqda
Raqobat qoʻmitasi tibbiyot tashkilotlarini davolash natijasini kafolatlaydigan reklama uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirdi. Notoʻgʻri reklama uchun BHMning 70 baravari miqdorida jarima koʻzda tutilgan.
Idora «kasallikdan butunlay xalos etamiz», «mutlaqo xavfsiz», «uch kunda davolaymiz» va «nojoʻya taʼsirlarsiz» kabi iboralarga eʼtibor qaratdi.
Bu kabi bayonotlar isteʼmolchilarni chalgʻitishi mumkin. Bundan tashqari, klinikalarga tibbiy faoliyat uchun berilgan litsenziyada koʻrsatilmagan xizmatlarni reklama qilish taqiqlanadi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, tibbiy xizmatlar reklamasi monitoringi tizimli ravishda olib boriladi. Qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, tadbirkorlar javobgarlikka tortilishi mumkin.

