+28° gacha va yogʻingarchiliksiz: Uzbekistonda 16 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo
16 oktyabr kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo +28° gacha isiydi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda esa qor yogʻishi mumkin. Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi harorat +12…+14°, kunduzi — +23…+25° ni tashkil etadi. Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida kunduzi kutilmoqda […]

+28° gacha va yogʻingarchiliksiz: Oʻzbekistonda 16 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo
16 oktyabr kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yogʻingarchilik prognoz qilinmaydi, kunduzi havo +28° gacha isiydi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir, baland togʻlarda esa qor yogʻishi mumkin.
Toshkentda oʻzgaruvchan bulutli ob-havo boʻlishi, yogʻingarchilik boʻlmasligi kutilmoqda. Kechasi harorat +12…+14°, kunduzi — +23…+25° ni tashkil etadi. Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida kunduzi +21…+26° kutilmoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida — +22…+27°.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunduzgi harorat +20…+25° ni tashkil etadi. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida +20…+25° kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo +23…+28° gacha isiydi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda kunduzi +14…+19°, kechasi — +5…+10° boʻlishi prognoz qilinmoqda.

