Mahalliy

27 nafar oʻzbekistonlik Shvetsiya va Polshadan repatriatsiya qilindi

Shvetsiya va Polsha migratsiya qonunchiligini buzgan 27 nafar Oʻzbekiston fuqarosi maxsus charter reysi orqali Toshkentga olib kelindi. Ularning qaytarilishi uch mamlakat vakolatli idoralari hamkorligida amalga oshirildi.

27 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Shvetsiya va Polshadan vatanga qaytarildi

9-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga Shvetsiya va Polshadan Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelgan charter reysi qoʻndi.

Maʼlumotga koʻra, ushbu reysda mazkur Yevropa davlatlarining migratsiya qonunchiligini buzgan 27 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.

Vatandoshlarni Oʻzbekistonga qaytarish ishlari Oʻzbekiston, Shvetsiya va Polshaning vakolatli idoralari hamkorligida tashkil etilgan.

Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolarni Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa masʼul idoralar vakillari kutib olgan. Qaytarilgan fuqarolar vatanga qaytishlariga ko‘maklashilgani va ko‘rsatilgan yordam uchun mamlakat rahbariyati hamda vakolatli organlarga minnatdorlik bildirgan.

“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlar va mezbon davlatlar qonunchiligiga rioya qilgan holda xorijdagi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, xorijga chiqayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qabul qiluvchi davlatlardagi migratsiya talablari bilan tanishtirish hamda qonunbuzilishlarning oldini olish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotgani bildirildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.