212 brendining O‘zbekistondagi bir yilligi nishonlandi: off-road ishqibozlari bir maydonda jam bo‘ldi.

Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv ombori hududida o'tkazilgan tadbirda yo‘ltanlamas avtomobillar egalari, avtomobil ishqibozlari, blogerlar, inflyuenserlar hamda soha ekspertlari ishtirok etdi..

212 brendining O‘zbekistondagi bir yilligi nishonlandi: off-road ishqibozlari bir joyda to‘plandi. Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv ombori hududida o‘tkazilgan tadbirda yo‘ltanlamas avtomobillar egalari, avtomobil ishqibozlari, blogerlar, inflyuenserlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir test-drayv bilan boshlandi. Maxsus tayyorlangan off-road yo‘lagi orqali ishtirokchilar 212 avtomobillarining turli to‘siqlardan o‘tish imkoniyatlarini amalda sinab ko‘rdi.

Sinov jarayonida avtomobillarning osma tizimi, yo‘ldan tashqaridagi harakati va murakkab relyefdagi boshqaruv imkoniyatlari tekshirildi.

Tadbirning asosiy qismi kechki payt boshlandi. Chorvoq manzarasi fonida 212 avtomobil egalari bilan bir qatorda Toyota, Nissan, Chevrolet Trailblazer va boshqa yo‘ltanlamas avtomobillar egalari ham bir joyda to‘plandi. Avtomobillar kolonnasi va ularning bir joyda saf tortgan ko‘rinishi tadbirning eng diqqatga sazovor lahzalaridan biriga aylandi.

Dastur davomida brend faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi, sahna chiqishlari, sovg‘alar topshirish marosimi va turli interaktiv dasturlar ham o‘tkazildi.

Kechki qismda Chorvoqdagi quyosh botishi fonida avtomobillar, yoritilgan maydon va mehmonlarning erkin muloqotlari tadbirning o‘ziga xos atmosferasini yanada boyitdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.