
2036-yilgi Olimpiada qayerda bo‘ladi?
2036-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun kurashayotgan davlatlar soni yettitaga chiqdi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) e’lon qilgan ro‘yxatga ko‘ra, to‘rt yillikning eng yirik sport tadbiriga mezbonlikka da’vogarlar quyidagilar:
Boshqa mamlakatlar ham ushbu ro‘yxatga qo‘shilish imkoniyatiga ega. Ariza topshirish muddati — 31-oktyabrgacha.
Musobaqa mezbonligi uchun yakuniy da’vogarlar ro‘yxati (short-list) 2027-yil martida tasdiqlanadi. XOQ asosiy nomzodlarni 2028-yil oxirida e’lon qilishni rejalashtirgan, yakuniy qaror esa 2029-yil o‘rtalarida ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Hindiston o‘z tarixida ilk bor Olimpiadani o‘tkazish uchun ariza berdi.
Qatar musobaqani Doha shahrida o‘tkazishni istamoqda. Biroq yozdagi kuchli issiq sabab, xuddi JCh-2022 dagidek, Olimpiya o‘yinlarini kuz fasliga ko‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
JAR g‘olib chiqsa, Olimpiadani qabul qilgan ilk Afrika davlati bo‘ladi.
Ba’zi davlatlar 2036-yildan keyingi, xususan 2040 va 2044-yilgi yozgi O‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha XOQ bilan hozirdanoq norasmiy muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqin yillardagi to‘rtta Olimpiada mezbonlari allaqachon ma’lum: 2028-yilda Los-Anjeles (AQSh), 2030-yilda Fransiya Alp tog‘lari, 2032-yilda Brisben (Avstraliya) va 2034-yilda Yuta (AQSh) sport bayramiga mezbonlik qiladi.

