2030-yilgacha YAIM 300 milliard dollarga yetkaziladi - Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmini 2030-yilga borib 300 mlrd dollarga yetkazishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35 yilligi tantanasida eʼlon qildi.

Shavkat Mirziyoyev: 2030-yilga borib YaIM 300 milliard dollarga yetkaziladi
Oʻzbekiston 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmini 300 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali marosimda maʼlum qildi.
Davlat rahbari taʼkidlashicha, "Uch yil avval 2030-yilga kelib YaIM hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirgan edik. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi beqaror vaziyatga qaramay, biz bu vazifani shu yilning oʻzida ortigʻi bilan bajarib, daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kiramiz".
Prezidentning soʻzlariga koʻra, endigi asosiy maqsad – iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini saqlab qolish va 2030-yilga qadar YaIM hajmini 300 milliard dollarga yetkazishdir.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, izchil saʼy-harakatlar natijasida kambagʻallik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirilganini ham qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, 2026-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston iqtisodiyoti hajmi 180 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

