Iqtisodiyot

2030-yilda 300 mlrd dollarlik iqtisodiyotga aylanolamizmi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayramidagi nutqida iqtisodiy oʻsish boʻyicha 2030-yil uchun yangi maqsadli marrani eʼlon qildi: 300 milliard dollarlik yalpi ichki mahsulot. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning maʼlum qilishicha, bu – xalqaro tashkilotlarning prognozlaridan unchalik uzoq emas. Belgilangan marraga yetish uchun pandemiyadan keyingi davrdagi oʻsish surʼatlarini saqlab qolish kerak boʻladi.

2030-yilga borib 300 milliard dollarlik iqtisodiyotga erisha olamizmi?

Yangi belgilangan maqsadlarga ko‘ra, mamlakatimiz iqtisodiyoti 2030-yilda avvalgi rejadagi 240 milliard dollar emas, balki 300 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining (XVJ) prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2030-yilda 273,4 milliard dollarga, 2031-yilda esa 301 milliard dollarga yetishi bashorat qilingan. Bu davrda, ya’ni 2026-2031-yillarda iqtisodiyotimizning dollardagi o‘rtacha yillik nominal o‘sishi 12,7 foizni tashkil etadi. XVJ 2026-yilda iqtisodiyotimiz 23,4 foizga kengayishini kutayotgan bo‘lsa, keyingi yillarda o‘sish 10 foiz atrofida barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, 2030-yilga qadar iqtisodiyotni 300 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha yangi marra XVJ kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning prognozlaridan unchalik uzoq emas.

2025-yilda iqtisodiyotimizning nominal o‘sishi 21,1 foizni tashkil etgan edi. Joriy yilning birinchi yarmida esa, dollardagi nominal YaIMning o‘sishi 26,8 foizgacha tezlashgan. Bunda, real iqtisodiy o‘sishning 1,3 foiz bandga tezlashishi o‘sishni tezlashtiruvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, so‘mning o‘rtacha kursi...

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.