Mahalliy

2026–2027 o‘quv yili uchun mandat chiqdi

2026-2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari - mandat e’lon qilindi. Abituriyentlar natijalarni uch xil usul orqali tekshirishi mumkin.

2026–2027 o‘quv yili uchun qabul natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz veb-sayti orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR (Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) ma’lumotlarini kiritish orqali tekshirishlari mumkin.

Shuningdek, mandat.uzbmb.uz saytida abituriyentning ID raqamini kiritish orqali ham yakuniy tanlov natijasini bilish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, test natijalari qaydnomalari oliy ta’lim muassasalariga ham yuboriladi.

Shu yo‘l bilan, abituriyentlar talabalikka tavsiya etilganliklari yoki etilmaganliklari haqidagi yakuniy natijani onlayn tarzda bilib olishlari mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.