2026-yilning birinchi yarmida 70 yosh va undan katta bo'lgan 29 erkak ota bo'ldi
Yanvardan iyungacha O'zbekistonda 373 389 ta tug'ilish qayd etilgan. Otalarning eng yuqori ulushi 25-39 yosh guruhiga to'g'ri keladi.

2026-yilning birinchi yarmida 70 yosh va undan katta bo'lgan 29 erkak ota bo'ldi.
Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, shu davrda eng ko'p otalar soni — 309 182 kishi — 25-39 yosh guruhida bo'lgan.
25 yoshgacha bo'lgan erkaklar orasida 34 526 ta ota, 40-59 yosh guruhida esa 29 403 ta erkak ota bo'ldi.
60-69 yosh guruhida 249 ta erkak ota bo'ldi.
Eng keksa yosh guruhida, 70 va undan katta yoshda, 29 ta otalik holati qayd etilgan.

