Dunyo

2026-yilgi Shnobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi

Shveysariyaning Syurix shahrida Nobel mukofotining hazilomuz muqobili sifatida taqdim etilgan Shnobel mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

2026-yilgi Shnobel mukofoti sovrindorlari ma’lum qilindi. Tashkilot saytida aytilishicha, Ig® Nobel Prize har yili avval «kulgi uygʻotadigan, keyin esa oʻylashga undaydigan» kashfiyotlar uchun topshiriladi.

Biomexanika yoʻnalishidagi Shnobel mukofoti Matilda Brindl, Ketrin Talbot va Styuart Uestga chumolilar, qushlar, oq ayiqlar va odamlar misolida oʻpishning yanada aniq taʼrifini ishlab chiqqanlari uchun berildi. Ular yirik primatlarning aksariyati u yoki bu shaklda oʻpishadi, degan xulosaga kelishdi.

Iqtisodiyot boʻyicha Shnobel mukofoti Pol Pif, Deniyel Stankato, Stefan Kote, Rodolfo Mendosa-Denton va Decher Keltnerga yuqori ijtimoiy sinf vakillari koʻpincha bolalar zaxirasidan konfet olishi va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarni sodir etishi haqida dalillar toʻplaganlari uchun berildi.

Kimyo boʻyicha Shnobel mukofoti Sanchari Banerji, Natan Kussens, Fransua-Ksave Gall, Nitish Satyanarayanan, Jandhyam Shrikant, Koichiro Yagi, Jeyms Grey, Stiven Tobe, Barbara Stey, Leonard Chavas va Subramanyan Ramasvamiga tirik tugʻuvchi suvarak sutidagi oqsillar sigir sutidagi oqsillarga qaraganda uch baravar koʻp energiyaga ega ekanini aniqlaganlari uchun berildi.

Tibbiyot boʻyicha Shnobel mukofoti vafotidan soʻng Tokuji Unnoga «Qanday qilib burun qoqish kerak - burun qoqishning aerodinamik tadqiqoti» ilmiy ishi uchun berildi. Marhum doktor Unno nomidan mukofotni uning hamkasbi doktor Miki Takaxara qabul qildi.

Biologiya boʻyicha Shnobel mukofoti Joau Migel Alves-Nunes, Adriano Fellone, Selma Mariya Almeyde-Santos, Karlos Roberto de Medeiros, Ivan Sazima va Otavio Augusto Vuolo Markesga zaharli ilonlar tanasining turli qismlarini ehtiyotkorlik bilan bosib, tajribani turli haroratlarda va kunning turli vaqtlarida qayta-qayta takrorlaganlari uchun berildi.

Fizika boʻyicha Shnobel mukofoti Rendi Xyord, Chjao Pan, Ted Traskott va Kavishan Turairajaga sachramaydigan siydik idishini yaratish boʻyicha nazariy va eksperimental urinishlari uchun berildi. Ular prototiplar yaratdi va ularni mavjud modellar bilan taqqosladi. Bir necha yuzlab tajribalar oʻtkazildi.

Texnologiya boʻyicha Shnobel mukofoti Jastin Puma, Chjen Yan, Evan Jonston, Szixin Chjan, Syaoi Lan, Linji Chjan, Xunyuy Xou, Szixin Xe, Ali Afifi, Megan Krayton, Szyanyuy Li va Chanxun Saolarga chivin xartumlarini 3D bosma uchun yuqori aniqlikdagi soplo sifatida joriy etgani uchun berildi. Bu jarayon «nekroprinterlash» deb nom oldi. Maʼlum boʻlishicha, xartumlar yuqori bosimga bardosh bera oladi va chop etish qobiliyati baʼzi muqobillarga qaraganda yuqoriroq ekan. Mualliflar hatto boshqa hasharotlar, masalan, toʻshak kanalari yoki setse pashshalarining xartumlarini ham xuddi shunday sifatda sinab koʻrishni taklif qilishdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.