Dunyo

2026-yilgi Nobel mukofoti kimlarga va nima uchun berildi?

Har yili oktabr oyida dunyo olimlari, adib va siyosatchilarning nigohi Norvegiya va Shvetsiyaga qadaladi: aynan shu vaqtda insoniyatga eng katta naf keltirgan kashfiyot va xizmatlari uchun Nobel mukofoti gʻoliblari eʼlon qilinadi.

2026-yilgi Nobel mukofoti kimlarga va nima uchun topshirildi?

2026-yilgi mavsum gʻoliblari 5–12-oktabr kunlari eʼlon qilindi. Olti yoʻnalishdagi mukofot olimlar, shoira va huquqshunosga nasib etdi. Tinchlik mukofotiga Gʻazoda genotsid sodir etilgan, degan xulosaga kelgan BMT komissiyasi rahbari munosib deb topildi. Bu safar ham mukofotsiz qolgan prezident Tramp Nobel qoʻmitasini keskin tanqid qildi. Mukofotlar oʻz egalariga 10-dekabr — Alfred Nobel vafot etgan kuni Stokgolm va Oslo shaharlarida topshiriladi.

Nobel tanlovi ochiq konkurs emas: unga ariza topshirib ham, oʻzini oʻzi koʻrsatib ham boʻlmaydi.

Fizika, kimyo va iqtisodiyot boʻyicha laureatlarni Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi, fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha esa Karolinska institutining 50 professordan iborat Nobel assambleyasi tanlaydi. Adabiyot boʻyicha gʻolibni 18 aʼzoli Shvetsiya akademiyasi belgilaydi. Tinchlik mukofotini esa Nobel vasiyatiga koʻra Norvegiya parlamenti tayinlaydigan besh kishilik Nobel qoʻmitasi beradi.

Fan va adabiyot yoʻnalishlarida nomzodlarni taklifnoma olgan akademiya aʼzolari, avvalgi laureatlar va soha professorlari, adabiyotda esa yozuvchilar uyushmalari raislari ham koʻrsata oladi. Tinchlik mukofotida doira kengroq: parlament va hukumat aʼzolari, davlat rahbarlari, tarix, huquq va falsafa professorlari kabi oʻn minglab kishi nomzod koʻrsatishga haqli.

Nomzodlar nomi 50 yil sir saqlanadi. Bitta mukofot koʻpi bilan uch kishiga beriladi. Laureat diplom, oʻrtacha 175 grammli oltin medal va pul mukofotini oladi. 2026-yilda mukofotning 125-yillik yubileyi munosabati bilan Nobel jamgʻarmasi har bir mukofot miqdorini 11 milliondan 12 million Shvetsiya kronasiga oshirdi. Bu taxminan 1,2 million AQSH dollariga teng.

Mukofotlar haftasini anʼanaga koʻra tibbiyot yoʻnalishi ochdi: 5-oktabr kuni Karolinska instituti mukofot «nur yordamida ochiladigan ion kanallari va optogenetika sohasidagi kashfiyotlar uchun» berilganini maʼlum qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.