Iqtisodiyot

2024-yilgi saylovdan soʻng Trampning boyligi 2,7 milliard dollarga oshdi - OAV

AQSH prezidenti Donald Trampning boyligi 2024-yilgi prezidentlik saylovidagi gʻalabasidan keyin 2,7 milliard dollarga oshib, 7,3 milliard dollarga yetdi, deb hisob-kitob qildi Forbes.

2024-yilgi saylovdan keyin Trampning boyligi 2,7 milliard dollarga oshdi — OAV

Oq uy rahbarining boyligi ko‘payishida asosiy omil kriptovalyuta loyihalari hamda umumiy qiymati taxminan 2,4 milliard dollar bo‘lgan likvid aktivlar bo‘ldi. Xususan, Tramp 709 million dollarlik mem-tokenlarga va World Liberty Financial loyihasining 338 million dollarlik tokenlariga ega, uning steyblkoin chiqarish biznesi esa 233 million dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, AQSH prezidentiga mamlakat hududida o‘nta golf maydoni, Mar-a-Lago klubi, Trump National Doral Miami golf kurorti va Yevropada uchta obyekt tegishli. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, ularning umumiy qiymati 1,8 milliard dollarga yetadi. Bundan tashqari, Tramp ko‘chmas mulkka 1,1 milliard dollar sarmoya kiritgan. Eng yirik obyektlar qatorida Nyu-York va San-Fransiskodagi ikkita ofis majmuasidagi ulushlar, Trump Tower osmono‘par binosi, Trump Park Avenue turar-joy binosi va boshqalar bor. Yana 1 milliard dollar Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Trump Media and Technology Group’dagi ulushiga to‘g‘ri keladi. Forbes ta’kidlaganidek, moliyaviy jihatdan bu «Amerikadagi eng bema’ni bizneslardan biri»: 2024-yilda kompaniya 3,7 million dollar daromad olib, 712 million dollar zarar ko‘rgan.

Oq uy rahbarining boshqa aktivlari 700 million dollarga baholanmoqda. Ular orasida boshqaruv biznesi, vertolyot va samolyot, farzandlariga berilgan 5 million dollarlik qarzlar hamda 2 million dollarlik pensiya jamg‘armalari bor. Shu bilan birga, Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Trampning boyligi so‘nggi bir yil ichida 300 million dollarga kamaygan. Xususan, prezident sud da’volari bo‘yicha 94 million dollar to‘lashi kerak.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.