2021–2025 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlarining sanoat rivojlanishidagi nomutanosibliklar
Maqolada 2021–2025 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida sanoat rivojlanishining hududiy tafovutlari, aholi jon boshiga ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va sanoatning yirik markazlarda jamlanish darajasi qiyosiy tahlil qilingan.

2021–2025 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlarining sanoat rivojlanishidagi nomutanosibliklar
2021–2025 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida sanoat tez sur’atlarda rivojlandi. Ammo sanoat o‘sishining hududlar kesimidagi natijalari bir-biridan ancha farq qildi. Ayrim davlatlarda hududlar o‘rtasidagi sanoat ishlab chiqarishi darajasidagi tafovutlar kamaygan bo‘lsa, boshqalarida sanoati rivojlangan va ortda qolayotgan hududlar orasidagi farq yanada kengaydi. Ushbu maqolaning maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida sanoatning hududlar bo‘yicha rivojlanishidagi tafovutlar hamda ularning 2021–2025 yillardagi o‘zgarishini tahlil qilishdan iborat.

