Layfstayl

18 yoshli amerikalik yigit dunyodagi eng yosh professorga aylandi va hozirda tengdoshlariga dars bermoqda

18 yoshli amerikalik yigit dunyodagi eng yosh professorga aylandi va hozirda tengdoshlariga dars bermoqda.

AQSHda 18 yoshli yigit jahon rekordini o‘rnatib, tarixda eng yosh professorga aylandi va hozirda o‘z tengdoshlariga dars bermoqda. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Natan Tomas muhandislar oilasida tug‘ilgan. U yoshligidan matematika va ilmiy sohalarga, xususan, texnologiya hamda muhandislikka qiziqqan. Tomas 10 yoshida Mayami-Deyd kollejida o‘qishni boshlagan, 14 yoshida esa Florida xalqaro universitetiga o‘qishga kirgan.

2023-yili u 18 yoshida elektrotexnika bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarini olgan. Ikkala diplom ham imtiyozli.

Aynan shu yoshida u o‘qituvchilik faoliyatini boshlab, oliy o‘quv yurtining malakali o‘qituvchisiga aylangan. Bu unga jahon rekordini keltirdi: Natan 1746-yilda vafot etgan 19 yoshli Kolin Maklorenning avvalgi yutug‘ini yangiladi.

“U yerga hamma bir xil maqsadda — o‘qish uchun keladi. Yoshning aslida ahamiyati yo‘q. Men bor e’tiborimni ishimni yaxshi bajarishga va talabalarga qo‘limdan kelganicha yordam berishga qarataman”, deya rekordchi.

Hozir Tomas 21 yoshda. U o‘qituvchilik faoliyati bilan birga o‘qishini ham davom ettirmoqda: Mayami universitetida huquq fanlari doktori ilmiy darajasini olyapti va kelajakda STEM sohasiga urg‘u bergan holda intellektual mulk huquqi yo‘nalishida ishlashni rejalashtirgan. Bundan tashqari, sevimli mashg‘ulotlariga ham vaqt topadi: basketbol, tennis va golf o‘ynaydi, pianino chalishga qiziqadi hamda musiqa tinglashni yaxshi ko‘radi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.