17 yoshli Munisa Odilova ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekistonning ikkita rekordini oʻrnatdi
Qarshilik yosh sportchi Munisa Odilova ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston kubogida 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida ikki bor milliy rekordni yangiladi. U siltab koʻtarishda va ikki kurash natijasiga koʻra rekordlarni oʻrnatdi. Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha kattalar va 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi boshlandi. Musobaqaning ilk kunida qarshilik 17 yoshli Munisa Odilova […]

17 yoshli Munisa Odilova ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekistonning ikkita rekordini oʻrnatdi
Qarshilik yosh sportchi Munisa Odilova ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston kubogida 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida ikki bor milliy rekordni yangiladi. U siltab koʻtarish va ikki kurash yigʻindisi boʻyicha rekordlarni oʻrnatdi.
Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha kattalar va 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi boshlandi.
Turnirning ilk kunida qarshilik 17 yoshli Munisa Odilova 49 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib, oʻz yosh toifasidagi sportchilar orasida eng yaxshi natijani koʻrsatdi.
U «siltab koʻtarish» mashqida 92 kg toshni koʻtarib, 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Oʻzbekistonning yangi rekordini oʻrnatdi.
Dast koʻtarish va siltab koʻtarish mashqlari yigʻindisiga koʻra, Odilova 165 kg natija qayd etdi, bu ham yoshlar oʻrtasida yangi milliy rekordga aylandi.
Sportchi Qarshi viloyat Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

