17 ta oliygoh boshqa vazirlikka oʻtkazildi
Oʻzbekistonda 14 ta pedagogika oliygohi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta OTM Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga oʻtkazildi. Shuningdek, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga Nizomiy Ganjaviy nomi berildi.

17 ta oliygoh boshqa vazirlik tasarrufiga oʻtkazildi
Prezident 2026-yil 2-oktabrda «Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–358-son qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi jami 17 ta oliy taʼlim muassasasining idoraviy boʻysunuvi oʻzgartirildi.
Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti esa Nizomiy Ganjaviy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi bir qator vazifalari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi.
Endilikda mazkur vazirlik yagona konseptual yondashuv asosida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini olib boradi hamda pedagogik taʼlimni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Bundan tashqari, vazirlikka pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik hamda axborot texnologiyalarini joriy etish vazifalari ham yuklatildi.
Pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shuningdek, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarning boshqaruv tizimini takomillashtirib borish ham uning vazifalari qatoriga kiritildi.

