+16 dan +30 darajagacha: sinoptiklar Oʻzbekistondagi ob-havo haqida maʼlumot berishdi
Chorshanba, 7 oktyabr kuni Oʻzbekistonda asosan quruq ob-havo kutilmoqda. Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, kunduzi aksariyat hududlarda havo harorati +20…+25 darajani tashkil etadi. Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat +8…+10 daraja, kunduzi esa +21…+23 daraja boʻladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida kechasi +5…+10 daraja, kunduzi esa +16…+21 daraja boʻladi. Buxoro, Navoiy, […]

+16 dan +30 darajagacha: sinoptiklar Oʻzbekistondagi ob-havo haqida xabar berishdi
Chorshanba, 7 oktyabr kuni Oʻzbekistonda asosan quruq ob-havo saqlanib qoladi. Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, kunduzi aksariyat hududlarda havo harorati +20…+25 daraja atrofida boʻladi.
Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat +8…+10 daraja, kunduzi esa +21…+23 darajani tashkil etadi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida kechasi +5…+10 daraja, kunduzi esa +16…+21 daraja boʻlishi prognoz qilinmoqda. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati +20…+25 darajagacha koʻtariladi.
Eng issiq ob-havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kutilmoqda: kunduzi +25…+30 daraja. Fargʻona vodiysida harorat +18…+23 darajani tashkil etadi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.
Togʻli hududlarda kechasi +1…+6 daraja, kunduzi esa +13…+18 daraja boʻlishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha yogʻingarchilik prognoz qilinmayapti.

