14 mlrd so‘mlik tibbiy jihozlar tenderi bekor qilindi
SSV huzuridagi Xaridlar markazi o‘tkazgan tenderda raqobatni cheklashi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlandi. Qonun talablari buzilgani

14 mlrd so‘mlik tibbiy jihozlar xaridi bo‘yicha tender bekor qilindi
Raqobat qo‘mitasi «Skymed-Technologies» MChJ murojaati asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazi davlat muassasasi buyurtmachiligida tibbiy jihozlar xaridi uchun o‘tkazilgan tenderni o‘rganib chiqdi.
Tenderning boshlang‘ich qiymati 14 mlrd so‘mni tashkil etgan. Tekshiruv davomida savdoning «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga mosligi ko‘rib chiqildi.
Natijada Xaridlar markazi tomonidan mazkur qonunning 29-moddasi talablari buzilgani aniqlandi. Xususan, savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar qayd etildi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida Xaridlar markazi davlat muassasasi o‘tkazgan tender belgilangan tartibda bekor qilindi.
Raqobat qo‘mitasining o‘rganishi murojaat asosida amalga oshirilgan bo‘lib, qonunbuzilish aniqlangach tenderni bekor qilish chorasi ko‘rildi.

