Sport

114 ta ayblov. «Siti» nimada ayblanmoqda?

Oxirgi ikki yilda oʻzbekistonliklar uchun dunyo futbolidagi asosiy jamoaga aylangan «Manchester Siti» jiddiy muammo girdobida. Zamonaviy futbol tarixida hech bir klub bunday holatga tushmagan. «Shaharliklar» 115 ta bandning 114 tasi boʻyicha aybdor deb topildi.

114 ta ayblov. «Siti» nimada ayblanmoqda?

Endi «Siti» ochkolardan mahrum qilinishi, bir necha transfer oynasi davomida taqiq ostida qolishi va eng ogʻir holatda Angliya yuqori divizionidan chetlatilishi mumkin. Bir paytlar «Yuventus» bilan yuz bergani kabi. Ishoning, hozirgi «Siti»ning holati Kalchapoli davridagi «Yuve»nikidan ham yomonroq.

Futbol azaldan milliardlar oʻyini boʻlib kelgan: u eng ommabop sport turi boʻlish bilan birga ulkan biznes, katta daromad manbai va kuchli piar vositasi hamdir. Soʻnggi oʻn yillikda ayniqsa badavlat odamlar futbol orqali nom chiqara boshladi va bu ajoyib oʻyindan oʻzini yaxshi koʻrsatadigan «yumshoq kuch» sifatida foydalanishga oʻtdi. Bizda ham viloyat hokimlari mahalliy klubga byudjetdan aql bovar qilmas darajada katta mablagʻ ajratib, xalq orasida obroʻsini oshirib olgan holatlar koʻp uchragan, bunga oʻnlab misol keltirish mumkin.

Yevropaliklar uchun osiyolik boylar qitʼaning yirik klublariga oldi-orqasiga qaramay pul sochib, raqobatda boshqalardan ustun boʻlib ketishi jiddiy muammo sifatida koʻrindi va UEFA moliyaviy feyr-pley degan qoidani oʻylab topdi. Yaʼni klublarga pul tikish taqiqlanmaydi, faqat daromad xarajatdan koʻproq boʻlishi kerak. Ajoyib qoida, six ham kuymaydi, kabob ham.

Ammo osiyolik boylar ham sodda emas, moliyaviy cheklovlarni chetlab oʻtishda ularga teng keladigani yoʻq axir! Masalan, eng zoʻr futbolchilar 80-90 million yevro turgan paytda, bozorni larzaga solib, Neymarga 222 million yevro toʻlashadi. Neymarga katta maosh taklif qilingani uchun uning yarmini klubdan, qolganini esa «Qatar turizm elchisi boʻlgani uchun» berishadi. Roberto Manchini «Siti»dagi maoshidan ham koʻproq pulni goʻyoki BAAning «Al Jazira» klubida «maslahatchi boʻlgani uchun» oladi.

Juda tanish sxema, shunday emasmi? Lekin Yevropa uchun bu qabul qilib boʻlmaydigan firibgarlik, demokratiya anʼanalariga zid gʻirromlik. PSJ va «Man Siti» misolida muxlislar moliyaviy feyr-pley buzilayotganini hech qanday surishtiruvsiz koʻrib turishar, arab boylari esa yevropalik qonun himoyachilariga mazax qilgandek kulib qoʻyaverishardi.

Lekin ular «yemoqning qusmogʻi borligini» unutishdi. Mana, oʻsha kun keldi. Futbolda pul raqobatga putur yetkazmasligi kerak degan qoida ishladi. Endi «Siti» 9 yil ichidagi barcha sovrinlardan mahrum qilinishi mumkin. Agar arablar shu mojarodan ham chiqib ketmasa. Axir korrupsiyaga moyil, shuurida jinoiy pullar orzusi yashovchi odamlar orasida «pul hal qilolmagan narsalarni katta pul hal qiladi» degan jinoiy ibora bekorga tarqalmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.