Iqtisodiyot

11 mamlakatdan 250 dan ortiq kompaniya: Toshkentda 16-xalqaro Plastex Uzbekistan koʻrgazmasi ochildi | Reportaj

«Oʻzekspomarkaz»da 16-Xalqaro «Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2026» koʻrgazmasi oʻz eshiklarini ochdi. Keng koʻlamli tarmoq koʻrigida Oʻzbekiston, Germaniya, Avstriya, Italiya, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Latviya va Saudiya Arabistoni kabi 11 davlatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar jam boʻldi. Ekspozitsiya toʻliq ishlab chiqarish tsiklini qamrab olgan: bu yerda polimer xomashyosining eng soʻnggi namunalari, maxsus modifikatsiyalovchi qoʻshimchalar, yuqori aniqlikdagi […]

11 mamlakatdan 250 dan ortiq kompaniya: Toshkentda 16-Xalqaro Plastex Uzbekistan koʻrgazmasi ochildi | Reportaj

«Oʻzekspomarkaz»da 16-Xalqaro «Plastik sanoati – Plastex Uzbekistan 2026» koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

Yirik tarmoq forumi 11 davlat, jumladan, Oʻzbekiston, Germaniya, Avstriya, Italiya, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Latviya va Saudiya Arabistonidan 250 dan ortiq kompaniya va brendlarni birlashtirdi.

Ekspozitsiya butun ishlab chiqarish tsiklini qamrab olgan: bu yerda polimer xomashyosining eng soʻnggi namunalari, ixtisoslashtirilgan modifikatsiyalovchi qoʻshimchalar, yuqori aniqlikdagi press-qoliplar, yordamchi agregatlar, shuningdek, plastik buyumlar ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash uchun kompleks avtomatlashtirilgan liniyalarni koʻrish mumkin.

Forumning poligrafiya va qadoqlashga ixtisoslashgan 4P Central Asia koʻrgazmasi bilan birgalikda oʻtkazilayotgani alohida qiziqish uygʻotmoqda. Bunday tarmoqlararo format ishtirokchilar va xaridorlarga bir maydonning oʻzida turdosh ishlab chiqarishlar ehtiyojlarini tezkorlik bilan qondirgan holda, uzviy texnologik yechimlarni topishga yordam beradi.

Tashrif buyuruvchilarning taʼkidlashicha, uskunalarning bevosita ish rejimida namoyish etilishi asosiy afzallik boʻldi: bu shartnomalar tuzishdan oldin qurilmalarning tezligi, aniqligi va energiya samaradorligini yaqqol baholash imkonini beradi.

Koʻplab mehmonlar, shuningdek, qizgʻin ishchanlik muhiti va birlashtirilgan formatning qulayligini alohida qayd etmoqdalar, bu esa bir martalik tashrifning oʻzida ham polimer yetkazib beruvchilar, ham qadoqlash tizimlari ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar olib borish imkonini berdi.

Tadbir tashkilotchilari sifatida anʼanaviy tarzda Iteca Exhibitions Xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group ishtirok etmoqda.

Plastex Uzbekistan 2026 koʻrgazmasi «Oʻzekspomarkaz»da 24 sentyabrgacha (shu kuni ham) davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.