Boshqa

100 dan ortiq qavat va 557 metr: Dubay yangi rekordga tayyorlanmoqda

Dubayda dunyodagi eng baland turar joy binosi boʻlishga daʼvogar Burj Binghatti Jacob & Co Residences osmonoʻpari qurilishi davom etmoqda. Balandligi 557 metr boʻlishi rejalashtirilgan, 100 dan ortiq qavatli bino bitgach, Nyu-Yorkdagi 472 metrlik Central Park Tower rekordini yangilashi kutilmoqda. Qurilish maydonidan yangi suratlar ham eʼlon qilindi.

Dubay 100 qavatdan oshiq va 557 metr balandlikdagi yangi rekordga tayyorlanmoqda.

Dubayning Business Bay hududida ulkan turar joy osmonoʻpari qad rostlamoqda, u yangi rekord oʻrnatishi kutilmoqda. "Burj Binghatti Jacob & Co Residences" deb nomlangan ushbu loyiha shaharning navbatdagi meʼmoriy ramzlaridan biriga aylanishi rejalashtirilgan.

Loyiha boʻyicha, osmonoʻparning balandligi 557 metrga yetadi va u 100 dan ortiq qavatdan iborat boʻladi.

Bino qurib bitkazilgach, hozirgi eng baland turar joy osmonoʻparlaridan biri boʻlgan Nyu-Yorkdagi 472 metr balandlikdagi Central Park Tower'dan balandroq boʻladi.

Shu tariqa, Dubaydagi ushbu yangi majmua dunyodagi eng baland turar joy osmonoʻpari maqomiga daʼvogarlik qiladi.

Loyiha Dubayning Binghatti Developers kompaniyasi hamda Nyu-Yorkda joylashgan zargarlik va soat brendi Jacob & Co. hamkorligida amalga oshirilmoqda.

**Dizayni qimmatbaho toshlardan ilhomlangan**

"Burj Binghatti Jacob & Co Residences" faqat balandligi bilan emas, balki tashqi koʻrinishi bilan ham ajralib turishi rejalashtirilgan.

Osmonoʻpar siluetini yaratishda Jacob & Co. soatlaridagi murakkab mexanizmlar va zargarlik buyumlarining dizayn elementlaridan ilhom olingan.

Binoning yuqori qismi romb shaklidagi shpillar bilan bezatiladi. Loyiha mualliflarining gʻoyasiga koʻra, ular Dubay osmoni fonida qirralangan qimmatbaho toshlarni eslatishi kerak.

Shu tariqa, loyihada zamonaviy arxitektura bilan zargarlik dizaynini birlashtirishga harakat qilingan.

**Qurilishni kelasi yili yakunlash rejalashtirilgan**

Yangi eʼlon qilingan suratlarda osmonoʻpar qurilishi qanday davom etayotganini koʻrish mumkin. Manbada keltirilishicha, binoda qurilish ishlarini kelasi yili yakunlash rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.